Texnik yordam

KIMGA yordam ko’rsatamiz

Biz quyidagi ro’yxatda ko’rsatilganlarga shaxs va tashkilotlarga bepul texnik yordam ko’rsatamiz:

  • Aktivistlar
  • Nodavlat va notijorat tashkilotlar
  • Inson huquqlari himoyachilari
  • Inson huquqlari tashkilotlari
  • Mustaqil ommaviy axborot vositalari va ommaviy axborot vositalarini qo’llab-quvvatlovchi tashkilotlar
  • Jurnalistlar
  • LGBT guruhlar
  • Ayollar
  • Yoshlar

QANDAY yordam ko’rsatamiz

Biz tashkilot va shaxslarga raqamli dunyoda o’zlarini himoyalashga yordam beramiz. Shu maqsadda biz texnik yordam, ekspert maslahati va axborot resurslarini taqdim qilamiz. Biz sizning texnik muammolaringizni shunchaki hal qilib berish o’rniga, bu muammolarni o’zingiz hal qilishingiz uchun sizga zarur ko’nikma va bilimlarni berishga intilmoqdamiz.
Shuningdek, biz raqamli qurilma yoki akkauntlari (hisoblari) kimdir tomonidan buzib kirilgan va ularning shaxsiy yoki ish maʼlumotlariga kirish huquqi qo’lga kiritilgan kabivaziyatlarga tushgan shaxslar va tashkilotlarga shoshilinch texnik yordam koʻrsatamiz.

QAYERDA faoliyat ko’rsatamiz

Biz birinchi navbatda Markaziy va Sharqiy Ovro’pa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida joylashgan shaxs va tashkilotlarga yordam ko’rsatamiz. Ba’zi hollarda biz dunyoning boshqa mamlakatlaridagi shaxs va tashkilotlarga ham texnik yordam ko’rsatishimiz mumkin.
Mutaxassislarimiz ingliz va rus tillarida xizmat ko’rsatishadi. Shuningdek, biz ozarbayjon, gruzin, rumin, tojik yoki oʻzbek tillarida ham yordam (cheklangan) ko’rsatishimiz mumkin. Agar sizga arab tilida so’zlashuvchi mutaxassis yordami kerak bo’lsa, biz sizga shu tilda suhbatlashuvchi maxsus qo’llab-quvvatlash guruhi bilan bog’lanishga yordam beramiz.

ISH VAQTI va YORDAM KO’RSATISH SUR’ATI

Siz bizga savollaringiz bilan yoki yordam olish uchun istalgan kun va kunning istalgan vaqtida murojaat qilishingiz mumkin. Savollar va xabarlarga 24 soat ichida (ish kunlari Dushanbadan Jumagacha) javob berishga harakat qilamiz. Agar siz yuqorida sanab o’tilgan shaxs yoki tashkilotlardan biriga mansub bo’lsangiz va bizning yordam ko’rsatish mezonlarimizga javob bersangiz, so’rovingizni qabul qilganimizdan keyin 48 soat ichida biz sizga zarur texnik yordamni berishga imkon qadar harakat qilamiz.

Sizga qanchalik tez yordam berishimiz ko’p hollarda mutaxassislarimiz mavjudligi va so’ralgan yordamning texnik murakkabligiga bog’liq. Ba’zi hollarda biz sizning so’rovingizni bepul yordam ko’rsatuvchi boshqa tashkilotga yo’naltirishimiz ham mumkin.

Biz bilan qanday bog’lanish mumkin

Oddiy yoki shifrlangan elektron pochta: [email protected]
PGP ochiq kaliti: 0x48DBF4C54E029DF5-pub
PGP ochiq kalit barmoq izi: 4B62 67F0 D337 20F2 3C59 3A2C 48DB F4C5 4E02 9DF5
Signal / Whatsapp messenjerlari: +44 7421012110