Nima uchun parol menejeridan foydalanish kerak

Illustration of a man holding two bags full of keys.

Parollardan foydalanish bu akkauntlarni o’g’irlash, ortingizdan josuslik qilishni yoki ushbu akkauntlar orqali qo’lga kiritilgan ma’lumotlaringiz yoki hujjatlaringizdan jinoiy maqsadlarda foydalanishni istagan har qanday odamlarga qarshi birinchi himoyadir. Akkauntingizni himoyalash uchun odatda uzun va tasodifiy belgilar birikmasidan iborat kuchli parollardan foydalanishingiz kerak. Bunday parollarni eslab qolishni deyarli iloji yo’q. Buning ustiga, har bir akkauntingiz paroli takrorlanmas parol bo’lishi kerak.

Xo’sh, bu parollarning hammasini qanday eslab qolish mumkin? Buning yechimi parollar menejeridan foydalanishdir.

Parol menejerini hamma akkauntlaringizning o’nlab yoki hatto yuzlab kalitlarni (parollarni) saqlaydigan seyf sifatida tasavvur qiling. Parol menejeri mushkulingizni osonlashtiradi, chunki siz boshqa hamma parollaringiz saqlanadigan parol menejeriga kirish parolini eslab qolish kerak bo’ladi holos.

Parollar menejeri qanday vazifani bajaradi

  • Hisob ma’lumotlaringizni saqlaydi
    Sizning o‘nlab va hattoki yuzlab onlayn akkauntlaringiz bor bo‘lsa kerak. Hamma akkauntlaringiz ma’lumotlarini (foydalanuvchi nomlari, elektron pochta manzillari va parollar) bir parcha qog’oz yoki kompyuteringizdagi hujjatda saqlash noto’g’ri ish. Parol menejeri hamma akkauntlaringizni boshqarishdagi qiyinchiliklaringizni osonlashtiradi. U barcha parol va boshqa akkaunt ma’lumotlaringizni o’zida saqlaydi.
  • Ularni ishonchli saqlaydi
    Parollaringizni parol menejerida saqlash ularni yon daftarchangiz yoki qurilmangizdagi hujjatda saqlashdan ko’ra xavfsizroqdir. Agar parol menejeringizni ishonchli va kuchli parol bilan himoyalasangiz, uni hech kim ocha olmaydi. Qoʻshimcha ehtiyot chorasi sifatida parol menejerini himoyalash uchun ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalaning.
  • Kuchli va takrorlanmas parollar yaratadi
    Parol menejeri yordami bilan noyob parollar yaratish va har bir akkaunt paroli takrorlanmas bo’lishini kafolatlashdek jiddiy vazifa ham yengillashadi. Parol menejerida parollar yaratish funksiyasi bor. Siz parollaringiz uzunligi va murakkabligini ko’rsatishingiz ham mumkin.

Qaysi parollar menejeridan foydalanish kerak

Siz o’z ehtiyoj va qanday qulayliklarni afzal ko’rishingizga qarab, qaysi parol menejeridan foydalanishni tanlashingiz mumkin. To’lovli parol menejerlaridan foydalanmoqchi bo’lgan foydalanuvchilar uchun bir nechta ishonchli va xavfsiz variantlar mavjud. Ba’zi antivirus dastur paketlari ichki parol menejerini ham o’z ichiga oladi. Agar siz to’lovli obuna olishni tanlasangiz, 1Password, LastPass, Bitwarden Premium, Dashlane, Keeper va NordPass kabi ishonchli parol menejerlarini tanlab hato qilmaysiz.

Ba’zi parol menejerlari kengaytirilgan funksiyalar kerak bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun bepul rejalarni ham taklif qiladilar. Agar siz bepul parol menejeridan foydalanishni tanlasangiz, ishonchli garov ochiq manbali BitWarden, KeePass va KeePassXC kabi dasturlar hisoblanadi.

Parol menejerlari ular foydalanuvchilari akkaunt ma’lumotlarini qayerda saqlashiga qarab ikki toifadan biriga tegishli hisoblanadi. Agar siz KeePassXC kabi lokal parollar menejeridan foydalansangiz, u parollaringizni o’z qurilmangizda saqlaydi. Bunday parollar menejeri maxfiylik va xavfsizlik borasida yaxshiroq ta’minlaydi, lekin ulardan xavfsiz foydalanish uchun ma’lum darajadagi texnik bilim va raqamli gigiena talab etiladi.

Lokal parol menejerlaridan farqli ravishda, bulutli parol menejerlari parollarni bulutli serverlarda saqlaydi. Cheklangan texnik bilimga ega va qat’iy raqamli gigiyena qoidalariga rioya qilolmaydigan, jumladan, avtomatik zahiralashni sozlay olmaydigan, foydalanuvchilar uchun bulitli parol menejerini tanlash xavfsizroqdir. BitWarden va KeePass menejerlarining ikkisi ham bepul, ochiq manbali, bulutli parol menejerlari bo‘lib, ular o’z xavfsizligi va ishonchliligi bilan taniqli.