Qurilmalarni nima uchun shifrlash kerak

An illustration of someone taking a sneak peek at a computer screen.

Sizning kompyuteringiz, planshetingiz va smartfoningizda juda ko’p muhim, hatto maxfiy ma’lumotlar bor. Agar siz qurilmani yo’qotib qo’ysangiz yoki uni kimdir o’g’irlasa, boshqalar undagi shaxsiy fayllarigniz va maxfiy ma’lumotlaringizga kirishlari mumkin. Qunt qilinsa, hattoki qurilmangiz parolini ham buzib kirishning imkoni bor.

Qurilmalaringizdagi maxfiy ma’lumotlarni himoyalashning eng yaxshi yo’li shifrlashdan foydalanishdir. Shifrlash qo’llanilganda qurilmadagi ma’lumotlar umuman o’qib bo’lmas holga keladi. Shu bilan ularga kimdir ruxsatsiz kirishi yoki o’zgartirish kiritishidan himoyalanadi. Siz maxfiy ma’lumotlar bilan ishlasangiz va ularning oshkor etilishi si yoki siz bilan ishlaydigan odamlarni xavf ostiga qo’yishi mumkin bo’lgan hollarda bu juda muhim.

Shifrlash qanday ishlaydi

Raqamli qurilma (kompyuter, smartfon yoki tashqi saqlash qurilmasi) tomonidan qayta ishlanuvchi yoki unda saqlanuvchi barcha ma’lumotlar mohiyatdan olganda nol va birlarning turli ketma-ketligidan, ya’ni ikkilik tizimidagi koddan iborat. Barcha kompyuterlar va smartfonlar ushbu formatda ishlaganligi sababli, raqamli ma’lumotlar har qanday shunga o’xshash qurilmada yaratilishi, qayta ishlanishi va saqlanishi mumkin.

Shifrlash ikkilik ma’lumotlarni murakkab kodga aylantiradi, uni faqat maxfiy kalitga (shifrni ochish kaliti deb nomlanadi) ega yoki parolni bilgan odamlargina o’qiy oladi. Begonalar shifrlangan ma’lumotlarga kirish huquqini qo’lga kiritganda ham, ular kodni ochib ham, o’zgartib ham olmaydi.

To’liq disk shifrlanishi

To’liq diskli shifrlashda qurilmangizdagi barcha ma’lumotlar apparat darajasida shifrlanadi. To’liq disk shifrlashi qattiq diskdagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda o‘qib bo‘lmas murakkab kodga aylantiradi. Movofiq shifr ochish parolisiz hech kim shifrlangan qurilmadagi fayllarni o’qiy olmaydi.

To’liq diskli shifrlashdan foydalanish juda oson, sizdan kompyuter blokirovkasini ochganingizdan keyin hech qanday narsa talab etilmaydi. Sizi hattoki uning ishlayotganligini payqamaysiz ham.

To’liq diskli shifrlashdan foydalanishning afzalliklaridan biri shundaki, qurilmangizdagi fayllarni yakka holda himoyalash haqida tashvishlanishingiz shart bo’lmaydi. Yaratilayotgan ma’lumotlar avtomatik tarzda shifrlanadi. Ma’lumotlarni ochganingizda, ular avtomatik ravishda shifrdan chiqariladi. To’liq disk shifrlash, shuningdek, biz ko’pincha qurilmalarimizda mavjudligini unutgan ma’lumotlar xavfsizligini ham ta’minlaydi (masalan, vaqtinchalik Internet fayllari va kesh fayllari).

Qurilmani shifrlash

Smartfonlarga kelganda esa Android va iOS platformasidagi qurilmalar sukut bo‘yicha shiflanadi. Shifrlash funksiyasidan maksimal darajada samarali foydalanish uchun smartfoningiz kuchli parol yoki kod bilan himoyalanganligiga va qurilmangiz ekrani undan foydalanilmagan qisqa muddatda avtomatik ravishda qulflanishiga amin bo’ling. Smartfoningiz operatsion tizimini ham yangilab turing.

Operatsion tizimning o’z ichki bepul dasturiy ta’minotidan foydalanish kompyuterni shifrlashning eng oson yo’li hisoblanadi. Windows va Mac qurilmalarining ikkisida ham to’liq diskli shifrlashning samarali vositalari mavjud. Biroq, bu vositalar ishlashi uchun siz ularni qurilmangizda sozlashingiz kerak. Windows 10 va Mac kompyuterlarida shifrlashni sozlash uchun quyidagi koʻrsatmalarga amal qiling.

Shuningdek, tashqi saqlash qurilmalaringizni ham shifrlashni o’ylab ko’ring. Bunday qurilmalar odatda o’z ichki shifrlash vositalariga ega. Ushbu shifrlash vositalarini sozlash uchun ularning original ko’rsatmalariga amal qiling.