Windows 10 tizimida dasturiy ta’minotni yangilash

Kompyuteringizning dasturiy ta’minotini yangilab turish uning xavfsizligini ta’minlash uchun juda muhim. Qurilmangizdagi eng muhim dastur operatsion tizimdir. Microsoft Windows 10 tizimi uchun yangi funksiyalarga va xavfsizlikning muhim tuzatilishlariga ega bo‘lgan yangilanishlarni muntazam ravishda chiqaradi. Windows 10 tizimida avtomatik yangilanishlar standart sozlab qo’yilgan, lekin siz bu yangilanishlar qanday va qachon amalga oshishini o’zgartirishingiz mumkin.
Kompyuteringizdagi barcha boshqa ilovalar uchun ham vaqti-vaqti bilan muhim yangilanishlar kelib turadi. Ularni o’zingiz qo’lda yangilashingiz yoki operatsion tizimda avtomatik ravishda yangilashni sozlash sizning ixtiyoringiz. Agar siz o’zingiz qo’lda yangilashni tanlasangiz, yangilanishlarni kamida bir oyda marta tekshirishingiz va o’rnatishingiz kerak.
Yodda tuting, ushbu o’zgarishlarni kiritish uchun siz qurilmangizga administrator akkaunti bilan kirgan bo’lishingiz kerak.
Windows 10 tizimida avtomatik yangilashni sozlash
Navbatdagi Windows 10 yangilanishlarini ko’rish va avtomatik yangilanishlar qanday va qachon amalga oshirilishini sozlash uchun Start tugmasini tanlang va Sozlamalarbandiga o’ting.
Keyin Yangilash va xavfsizlik bo‘limiga o‘ting va chapdagi menyuda Windows yangilanishlar markazi bandiga o‘ting.
Bu yerda siz mavjud barcha yangilanishlarni ko’rishingiz mumkin. Windows 10 avtomatik yangilanishini sozlash uchun ekranning quyi qismiga o‘ting va Qo‘shimcha parametrlar menyusiga kiring.
Ayrim hollarda tizim bu sozlamalarga o‘zgarishlar qilishingizga ruxsat bermaydi. Bunday holat agar kompyuteringiz Windows domenining bir qismi bo’lsa sodir bo’ladi. Bu odatda sizning kompyuteringiz siz ishlayotgan kompaniya tomonidan boshqarilishini bildiradi.
Qo‘shimcha parametrlar menyusida Yangilanishni yakunlash uchun kompyuterni qayta ishga tushirish zarur bo‘lganida bildirishnoma ko‘rsatish bandini Yoqish holatiga o‘rnating. Shunda siz kompyuteringiz muhim yangilanishdan so’ng har safar qayta ishga tushirilishi kerak bo’lganda bu haqida xabar olasiz.
Shuningdek, Yangilanishlarni to‘xtatib turish bandi ostidagi ochiladigan Sanani tanlash menyusida hech qanday sana belgilanmaganligiga amin bo’ling. Aks holda yangilanishlar ko‘rsatilgan kungacha kechiktiriladi.
Boshqa ilovalar: avtomatik yangilanishlarni yoqish yoki yangilanishlarni qoʻlda oʻrnatish
Boshqa ilovalarning koʻpchiligini Windows 10 tizimida Microsoft Store orqali avtomatik yangilanishini sozlashingiz mumkin. Buning uchun Start tugmasini bosing Microsoft Store bandini tanlang.
Microsoft Store ilovasida ekranning yuqori o‘ng tomonidagi uchta nuqta tasviriga (···) bosing va akkaunt menyusiga o‘ting va pastga ochiladigan menyudan Sozlamalar bandini tanlang.
Sozlamalar menyusida siz kompyuteringizdagi barcha ilovalar (operatsion tizimdan tashqari) uchun avtomatik yangilanishlarni sozlashingiz mumkin. Buni qilish uchun Ilovalarni avtomatik yangilash opsiyasini Yoqish holatiga o‘rnating. Bu opsiya ekranning yuqori qismidagi Ilovalarni yangilashbandi ostida joylashgan.
Agar siz kompyuteringizdagi ilovalarning avtomatik yangilanishini xohlamasangiz, barcha mavjud yangilanishlarni o’zingiz qo’lda tekshirishingiz va o’rnatishingiz mumkin. Buning uchun Microsoft Store ilovasiga o‘ting va akkaunt menyusiga o‘tish uchun yuqori o‘ngdagi uchta nuqtaga (···) bosing. Pastga ochiluvchi menyuda Yuklashlar va yangilanishlar bandini tanlang.
Bu yerda siz kompyuteringizdagi ilovalar uchun (operatsion tizimdan tashqari) mavjud barcha yangilanishlarni ko’rishingiz mumkin. Bu yangilanishlarni o‘rnatish uchun Yangilanishlarni olish tugmasini bosing.
Agar siz kompyuteringizdagi dasturiy ta’minotni avtomatik yangilash orqali emas, o’zingiz qo’lda yangilashni tanlasangiz, buni tez-tez amalga oshirishni yodda tuting. Hech bo’lmaganda bir oyda bir marta yangilanishlarni tekshirish va o’rnatishni tavsiya qilamiz.