Windows 10 tizimida parol o’rnatish yoki o’zgartirish

Siz kimdir fayllaringizni titkilashi, yo’qligingizda josuslik dasturlari o’rnatishi yoki kompyuteringizda xavfsizlik sozlamalarini o’zgartirishini xohlamaysiz. Windows 10 tizimidagi qurilmangizni parol bilan himoyalash yoki parolni o’zgartirish uchun quyidagilarga amal qiling.
Yodda tuting, bu o’zgarishlarni kiritish uchun siz kompyuteringizga administrator akkaunti bilan kirgan bo’lishingiz kerak.
Qurilmaga parol o‘rnatish
Windows 10 qurilmasida parol o‘rnatish uchun quyidagi amallarni bajaring.
1. Ekranning pastki chap qismidagi Start tugmasini bosing va Sozlamalar bandiga o’ting.
2. Akkauntlar bo‘limiga o‘ting.
3. Chap tomondagi menyuda Kirish parametrlari bandini tanlang
4. Foydalanishingiz mumkin bo‘lgan kirish parametrlari ro‘yxatidan Parol bandini tanlang va Qo‘shish tugmasini bosing.
5. Ko’rsatilgan maydonga parol kiriting, uni tasdiqlang va Keyingi tugmasini bosing. Albatta kuchli paroldan foydalaning.
6. Yakunlash tugmasini bosing. Endi sizdan tashqari kompyuterdan yana kim foydalansa, qurilmaga albatta parol kirish orqali kirsin.
Qurilma parolini o‘zgartirish
Parolingizni kuchliroq parolga o’zgartirmoqchi bo’lsangiz quyidagi amallarni bajaring.
1. Kirish parametrlari menyusiga o‘ting (Start > Sozlamalar > Akkauntlar > Kirish parametrlari).
2. Foydalanishingiz mumkin bo‘lgan kirish parametrlari ro‘yxatidan Parol bandini tanlang va O‘zgartirish tugmasini bosing.
3. Joriy parolingizni kiriting va Keyingi tugmasini bosing.
4. Ko’rsatilgan maydonda yangi parol kiriting, uni tasdiqlang va Keyingi tugmasini bosing. Albatta murakkab paroldan foydalaning.
5. Yakunlash tugmasini bosing.
Majburiy parol kiritishni sozlash
Endi siz Windows 10 kompyuteringizda qurilma parolini o’rnatganingizdan so’ng, kompyuteringizdan foydalanishni xohlagan har bir foydalanuvchi uchun parol kiritishni majburiy qilib sozlashingiz kerak.
1. Ekranning quyi chap tomonidagi Start tugmasini bosing va qidirish maydonida “netplwiz” ni qidiring. Qidiruv ko’rsatadigan eng yuqoridagi natija xuddi shu nomdagi dastur bo‘lishi kerak. Dasturni ochish uchun netplwiz ustiga bosing.
2. Ochilgan oynada “Foydalanuvchilar ushbu kompyuterdan foydalanish uchun ism va parol kiritishi shart” yonidagi tasdiq belgisini belgilang.
3. Qo‘llash tugmasini bosing.
4. Tizim o’zgarishlarni tasdiqlashni so’raganida parolingizni kiriting va OK tugmasini bosing.