WhatsAppda o’chib ketuvchi xabarlar yuborish

An illustration of two people holding their phones up in the air with Whatsapp logo and a timer icon in between.

WhatsApp sukut bo’yicha (birlamchi ravishda) ikki yoqlama shifrlashni taklif qiluvchi va umuman olganda juda xavfsiz xabar almashish ilovasi hisoblanadi. Biroq, u Signal yoki Wire kabi messenjerlarga nisbatan foydalanuvchi maxfiyligiga kamroq e’tibor qaratadi. WhatsApp shifrlangan xabarlaringizga kira olmasa-da, u siz haqingizda ko’plab metama’lumot (kimga, qachon va qayerga xabar yuborayotganingiz), shuningdek, sizning kontaktlaringiz va qurilmangiz haqidagi ham ma’lumot yig’adi. WhatsApp bu ma’lumotni Facebook – uning bosh kompaniyasi bilan bo’lishadi. So’ng Facebook ushbu ma’lumotlardan tijorat maqsadlarida foydalanadi va ularni o’z hamkorlari bilan bo’lishadi. Bu ma’lumotlar bazasi buzib kirilgan holatda, ushbu maxfiy ma’lumotlarning hammasi xakerlar tomonidan foydalanilishi mumkin. 

Agar siz yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklarga qaramay WhatsApp ilovasidan foydalnishda davom etishni tanlasangiz, ilova sizga ikki yoqlama shifrlash bilan himoyalangan juda ishonchli va xavfsiz xabar almashish platformasini taklif qiladi. Ilovadagi xabarlarning avtomatik tarzda o’chib ketishi va fotosuratlar va videolarni qabul qiluvchi koʻrgan zahoti avtomatik ravishda o’chib ketishi funksiyalaridan foydalanish orqali ilovadagi suhbatlaringiz va fayllaringizni qoʻshimcha himoyalashingiz mumkin.

O’chib ketuvchi xabarlar funksiyasini sozlash

Siz individual chatda xabarlar o’chib ketish funksiyasini yoqishingiz mumkin. WhatsApp xabarlar yuborilganidan yetti kun o‘tgach, ularni sizning telefoningiz va qabul qiluvchining qurilmasidan ham xavfsiz tarzda o‘chirib tashlaydi. Afsuski, yetti kundan so’ng ochirish hozircha ilovadagi tanlashingiz mumkin bo’lgan yagona variant.

Yakkama-yakka (individual) chatda xabarlar o’chib ketish funksiyasini sozlash uchun chatni oching va kontakt nomini bosing. Menyuda pastga tushing va O’chib Ketuvchi Xabarlar bandini tanlang. Tanlovni tasdiqlash uchun Davom etish tugmasini bosing.

Selecting a friend and then scrolling down to find Disappearing Messages under Contact Info in Whatsapp.

Disappearing Messages option under Contact Info in Whatsapp.

Sozlamalarda «Yoqish» ni tanlang. Chatda o’chib ketuvchi xabarlar funksiyasi yoqilganligi haqida eslatma ko’rasiz. Shuningdek, siz kontaktning profil rasmida soat belgisini ham ko’rasiz.

Enabling Disappearing Messages in Whatsapp.

Shuni ta’kidlash kerakki, o’chib ketuvchi xabarlar funksiyasini yoqishning bu funksiya yoqilishidan oldin yuborilgan xabarlarga dahli yo’q, ya’ni ularga ta’sir ko’rsatmaydi. Yana shuni yodda tutingki, o’chib ketuvchi xabarlar funksiyasi siz suhbatlashayotgan shaxsni xabarlaringizni kimgadir qayta yuborishini, skrinshot olish yoki media fayllarning nusxasini olish orqali xabarlaringizni saqlab qo’yishini oldini olmaydi.

«Bir martalik ko’rish» funksiyasidan foydalanish

«Bir martalik ko’rish» funksiyasiyasi yordamida foydalnuvchi fotosuratlar va videolarni qabul qiluvchi tomonidan bir marta ko’rilganidan so’ng o’chib ketishini sozlashi mumkin. Bu funksiya sizga media fayllarni odatiy usulda yuborishga qaraganda o’z ma’lumotlaringiz maxfiyligi ustidan ko’proq nazorat qilish imkonini beradi. Media fayl, qabul qiluvchi uni ochib ko’rib bo’lgan zahoti o’chiriladi. Agar fotosurat yoki video faylni qabul qiluvchi 14 kun ichida ochmasa, o’chib ketish funksiyasiga ko’ra uning muddati tugaydi va u chatdan yo’qoladi.

Media faylni oldindan ko’zdan kechirib chiqish imkoni yo’qligi va o’rniga katta «1» raqami aks etganligi xabar «bir martalik ko’rish» uchun yuborilganligini anglatadi. «Bir martalik ko’rish» funksiyasi bilan yuborilgan media fayllarini boshqalarga qayta yuborib yoki qurilmaga saqlab bo‘lmaydi.

“Bir martalik ko‘rish” faylini yuborish uchun individual yoki guruh chatini oching va “Biriktirish” tugmasini bosing (iPhone’dagi + belgisi yoki Android qurilmasidagi shtapel belgisi (значок с изображением скрепки)). Qurilmangizda saqlangan rasm yoki videoni tanlang. Shu bilan bir qatorda, siz Kamera tugmasini bosishingiz va qurilmangizda saqlanib qolmaydigan surat yoki video olishingiz ham mumkin.

Choosing a photo to send selecting the Photo and Video Library option in Whatsapp.

Xabar yuborish maydonida aks etgan «1» tugmasini bosing. Siz “Surat bir martalik koʻrish uchun sozlandi” degan eslatmani koʻrasiz, xabar yuborish maydonidagi “1” belgisining rangi esa ko’k rangga o’zgaradi.

Number 1 appearing as an indicator in the text box when a photo is set to view once before being sent in Whatsapp.

Yuborish tugmasini bosing.

How a photo that is set to view once appears with the number 1 appearing next to it in a Whatsapp chat.

Qabul qiluvchi fotosurat yoki videoni ko’rgan zahoti, siz chatda «Ochildi» belgisini ko’rasiz.

How a photo that is set to view once appears after viewed in a Whatsapp chat.

Yodda tuting, «bir martalik ko’rish» funksiyasidan foydalanish qabul qiluvchi media faylni ochganida uning skrinshotini olishi yoki ekrandan yozib olishining oldini olmaydi. Shu bois siz to’liq ishonmaydigan shaxslarga shaxsiy yoki maxfiy video va fotosuratlarni yubormang.