Instagram tarmog’ida o‘z maxfiyligingizni himoyalash

Illustration of a woman holding a shield and a sword up in the air with Instagram logo behind her.

Instagram boshqa ijtimoiy tarmoqlarga qaraganda siz haqingizda ko’proq shaxsiy ma’lumotlarni ochib beradi, uning asl ishlash konstruktsiyasi shunaqa. Agar siz Instagram tarmog’ida maxfiylik sozlamalarini o’zgartirmasangiz, xizmat siz bo’lishayotgan hamma narsani iloji boricha ko’proq odamlarga ko’rsatishga harakat qiladi. Shu boisdan, tarmoqning bunday siyosatini yoqtirmagan ba’zi foydalanuvchilar o’z Instagram akkauntlarini o’chirib ham tashlagan. Bir nechta tez va oson tuzatishlar orqali Instagram tarmog’idagi maxfiyligingizni nazorat qilishning imkoni borligi yaxshi xabar. Ular bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

Ushbu qo‘llanmada asos sifatida Instagram tarmog’ining mobil ilovada ochilgan maxfiylik sozlamalari olingan. Instagram tarmog’ini veb-brauzerda ochsangiz ushbu sozlamalar biroz farq qilishi mumkin.

1. Akkauntingizni omma uchun ochiq saqlamang

Instagram profilingizni hamma uchun ochiq saqlashga jiddiy sabab boʻlmasa, ilovada sizning fotosuratlar va hikoyalaringizni (stories) ko’ra oluvchi foydalanuvchilar doirasini cheklaganingiz ma’qul. Odatda, har bir Instagram akkaunti omma uchun standart ravishda ochiq. Bu ushbu tarmoqda siz joylashtirgan hamma narsani dunyoning istalgan nuqtasida, hatto Instagram akkauntiga ega bo’lmagan odamlar ham ko’ra olishini anglatadi.

Siz akkauntingizni shaxsiy, ya’ni omma uchun yopiq qilib sozlash orqali fotosurat va hikoyalaringizni (stories) kimlar koʻra olishini boshqarishingiz mumkin. Akkauntigniz mana shunday sozlasangiz, sizni tarmoqda kuzatib bormoqchi bo’lgan foydalanuvchilar sizga so’rov yubora oladi. Ular sizning surat yoki hikoyalaringizni (stories) ko’rishi uchun ularning obuna so’rovini tasdiqlashingiz kerak.

Instagram akkauntini omma uchun yopiq qilib sozlash uchun ekranning quyi o‘ng burchagidagi profilingiz fotosuratiga bosing. Keyin ekranning yuqori o‘ng burchagidagi uch chiziqli menyuga bosing va Sozlamalar bandini tanlang. Maxfiylik bandiga o‘tib Yopiq akkaunt parametrini yoqing. Kiritilgan o’zgartirishni tasdiqlang.

Instagram Settings.Switch for enabling Private Account on Instagram.Confirmation to switch to a Private Account on Instagram.

2. Sizni kuzatib boruvchilar (obuna bo’lganlar) ro’yxatini boshqaring

Akkauntingizni omma uchun yopiq qilib sozlaganingizda, kuzatuvchilaringiz sizning kontentingizni ko’rishda davom etadilar. Shunday ekan, obuna bo’lganlar ro‘yxatini tahrirlash va sizga notanish yoki siz joylashtirgan kontentni ko‘rishini xohlamaydigan foydalanuvchilarni ro’yxatdan o’chirib tashlaganingiz ma’qul.

Barcha obuna bo’lgan foydalnuvchilarni ko‘rish uchun ekranning quyi o’ng burchagidagi profil rasmiga bosing. Profil rasmingiz yonidagi Obunachilar bandiga bosing va siz bo’lishadigan kontentni ko‘ra oladigan foydalanuvchilar ro‘yxatini qayta ko’rib chiqing. Biror foydalanuvchini obunachilar roʻyxatidan o’chirib tashlash uchun uning profil rasmi va ismi yonidagi Oʻchirish tugmasini bosing.

Removing followers on Instagram with Remove button in the followers list.

3. Foydalanuvchi tasmangizni ko’rishini bloklang

Agar siz o’z akkauntingizni omma uchun ochiq saqlashni xohlasangiz ham, alohida foydalanuvchilarni sizning xabar va hikoyalaringizni (stories) ko’rishini bloklashingiz mumkin. Bu, ayniqsa, trollar yoki haqoratomuz, noo’rin sharhlar qoldiruvchi foydalanuvchilar bilan yuz kelganingizda qo’l keladi.

Ma’lum foydalanuvchini bloklash uchun uning profiliga o‘ting. Uning profil sahifasida yuqori o’ngdagi uch nuqtali menyuni bosing. Pastga ochiluvchi menyuda Bloklash bandini bosing.

Block a user on Instagram.

4. Hikoyalaringizni (stories) kimlar ko’ra olishi va bo’lisha olishini boshqaring

Shuningdek, siz hikoyalaringizni (stories) kim koʻrishi, ularga javob berishi yoki boshqalar bilan bo’lishishi kabilarni boshqarishingiz mumkin. Sizda individual obunachilardan hikoyalarni yashirish yoki hikoyalaringizni (stories) faqat tanlangan obunachilar guruhiga ko’rinadigan qilib sozlash imkoni bor.

Sizning hikoyalarignizni (stories) ko‘ruvchi foydalanuvchilar doirasini cheklash uchun ekranning yuqori o‘ng burchagidagi profil rasmiga bosing. Keyin ekranning yuqori o‘ng burchagidagi uch chiziqli menyuga bosing va Sozlamalar bandini tanlang. Maxfiylik bandiga bosing va keyin Hikoyalar bandini tanlang.

Story under Privacy settings on Instagram.

Koʻrilmoqda bandi ostida, Hikoyani yashirish tugmasini bosish orqali alohida foydalanuvchilarni hikoyalaringizni koʻrishini bloklashingiz mumkin. Shuningdek, Yaqin do‘stlar parametridan foydalanish va kimlarning bu guruhda bo‘lishini belgilash orqali hikoyalaringizni ko‘rishga ruxsat berilgan foydalanuvchilar doirasini cheklashingiz mumkin.

Choose people to hide Instagram stories and sharing Instagram stories with only Close Friends.

Hikoya menyusi shuningdek, hikoyalaringizga kim javob berishi mumkinligini cheklash imkonini beradi. Xabarga javob berishga ruxsat berish bandi ostida siz bu imtiyozni hikoyalaringizni koʻruvchil barcha foydalanuvchilarga berishingiz yoki faqat sizni kuzatib boruvchilar bilan cheklashingiz mumkin. Shuningdek, hikoyaga javob berish imkonini butunlay oʻchirib qoʻyishingiz ham mumkin.

Bu yerda siz boshqa foydalanuvchilarga siz joylashtirgan suratlarni oʻz hikoyalariga qoʻsha olishi, o’z xabarlarida sizning hikoyalaringizni (stories) boshqalar bilan bo’lishishiga ruxsat berish yoki bermaslikni ham nazorat qilishingiz mumkin. Bu paratmetrlarni sozlash uchun Ulashish bandiga o‘ting.

Allowing message replies to your Instagram stories and allowing people to share your Instagram story in their stories or messages.

5. Faollik statusini o’chirib qo’ying

Sizning faollik statusingiz tarmoqda onlayn bo’lganingizda buni boshqa Instagram foydalanuvchilariga ko’rsatadi. Agar ilovaga kirganingizni boshqa foydalanuvchilar bilishini xohlamasangiz, ushbu funksiyani o’chirib qo’yishingiz mumkin. Yodda tuting, agar siz o’z faollik statusingizni o’chirib qo’ysangiz, Instagramda kuzatib borayotgan foydalanuvchilarning onlayn ekanligini siz ham ko’ra olmaysiz.

Instagram tarmog’ida faollik statusingizni o‘chirib qo‘yish uchun ekranning quyi o‘ng burchagidagi profil rasmiga bosing. Keyin ekranning yuqori o‘ng burchagidagi uch chiziqli menyuga bosing va Sozlamalar bandini tanlang. Maxfiylik boʻlimiga oʻting, menyuda pastga tushing va Faollik statusi bandini bosing. Faollik statusini ko’rsatishbandini o’chirib qo’ying.

Instagram Settings.Activity Status under Privacy settings on Instagram.Show activity status switch on Instagram.

6. Postlaringiz sharhlarini nazorat qiling

Instagram postlaringiz ostida foydalanuvchilar qoldiradigan sharhlar maxfiyligingizga odatda tahdid tug’dirmasa-da, ba’zida siz shaxsiy ma’lumotlaringizni oshkor qiluvchi sharhlarni boshqalar ko’rishini xohlamasligingiz mumkin. Sharhlarni boshqarish, shuningdek, haqoratli yoki nomaqbul xabarlarni o’chirib tashlash va Instagram tarmog’ida yanada yoqimli vaqt o’tkazish imkonini beradi.

Sizning postlaringizga sharh qoldiruvchi foydalanuvchilar doirasini cheklash uchun ekranning pastki o‘ng qismidagi profil rasmingizga bosing. Keyin yuqori o‘ng burchakdagi uch chiziqli menyuga bosing va Sozlamalar bandini tanlang. Maxfiylik bandiga oʻting va Sharhlarbandini tanlang.

Comments under Privacy settings on Instagram.

Bu yerdagi “Boshqarish” bo‘limida siz faqat ma’lum bir foydalanuvchilar guruhiga sharh qoldirish huquqini berishingiz yoki ayrim foydalanuvchilarning tasmangizda har qanday sharh qoldirishini taqiqlashingiz mumkin.

Shuningdek, Filtrlar boʻlimiga oʻtish va Haqoratli sharhlarni yashirish funksiyasini yoqish orqali barcha haqoratomuz yoki nomaqbul izohlarni postlaringiz va hikoyalaringizdan yashirishingiz mumkin.

Hiding offensive comments on Instagram.

7. Rasmlarda belgilash funksiyasini o‘chirib qo‘ying

Boshqalar sizni o’zlari yuklagan rasmlarda belgishi natijasida ham Instagram tarmog’idagi sizning maxfiyligingiz tahdid ostida qolishi mumkin. Shuning uchun Instagram tarmog’idagi fotosuratlarda kim sizni belgilashi mumkinligini cheklash va barcha belgilangan fotosuratlarni profilingizga joylashtirilishidan oldin siz tomoningizdan tasdiqlanishini sozlaganingiz ma’qul.

Bu o’zgartirishlarni amalga oshirish uchun ekranning pastki oʻng qismidagi profil rasmingizga bosing. Keyin ekranning yuqori o‘ng burchagidagi uch chiziqli menyuga bosing va Sozlamalar bandini tanlang. Maxfiylik va keyin Postlar bandiga bosing.

Posts under Privacy settings on Instagram.

Bu yerda Rasmlarda belgilashga ruxsat berish bandi ostida sizni o’z suratlarida belgilashi mumkin bo’lgan foydalnuvchilarni tanlang. Keyin menyuda pastga tushing, Rasmlarda belgilashni (Tags) qo‘lda tasdiqlash bandiga bosing va ushbu funksiyani yoqing.

Allowing Tags From Instagram options and enabling manually approving tags.Turn on manually approving tags on Instagram.

8. Post va hikoyalaringiz saqlanishini to’xtating

Instagram foydalanuvchilar joylashtirgan barcha fotosuratlar va videolarni avtomatik tarzda saqlab qo’yadi. Instagram sizning ma’lumotlaringizni, ayniqsa, o’chib ketuvchi hikoyalarni saqlashi sizga ma’qul kelmasligi mumkin.

Instagram siz almashgan fotosuratlarni qurilmangizga saqlashini to’xtatish uchun ekranning pastki o’ng qismidagi profil rasmingizga bosing. Keyin ekranning yuqori o‘ng burchagidagi uch chiziqli menyuga bosing va Sozlamalar menyusini tanlang. Akkaunt va keyin Original suratlar bandiga bosing. Suratlarning asl nusxasini saqlash opsiyasini o’chirib qo’ying.

Accessing Account in the Instagram Settings.Switch for saving original photos on Instagram.

Instagram hikoyalaringiz (stories) va jonli efir videolaringizni saqlashini taqiqlash uchun ekranning pastki o’ng tomonidagi profil rasmingizga bosing. Keyin ekranning yuqori o‘ng burchagidagi uch chiziqli menyuga bosing va Sozlamalar menyusini tanlang. Maxfiylik va keyin Hikoyalar bandini bosing. Endi uchta variantni ham o‘chirib qo‘ying (Hikoyani kamera fotoplyonkasiga saqlash, Hikoyani arxivga saqlash va Jonli efirni arxivga saqlash).

Accessing Privacy in the Instagram Settings.Switch for saving Instagram stories to Camera Roll.Switch for saving live video to archive on Instagram.