Windows Defenderni qanday qilib xavfsizroq qilish mumkin

ESLATMA: Bu qo’llanma o’rta va yuqori malakali Windows foydalanuvchilari uchun mo’ljallangan. Ushbu ko’rsatmalarga amal qilinganda kompyuterdagi ba’zi dasturlar kutilganidek ishlamasligi mumkin. Agar sizga bu to’g’ri kelmasa yoki o’z texnik ko’nikmalaringizga ishonchingiz komil bo’lmasa, bu ko’rsatmalarni bajarishga urinmaslikni tavsiya qilamiz.
Windows Defender
Microsoft Defender (Windows Defender deb ham ataladi) ko’p yillar davomida Microsoft Windows bilan bir to’plamda bo’lgan. U odatda zararli dasturlarni samarali bloklay olmas edi. Ammo so’nggi yillarda Microsoft Defenderni ko’plab foydalanuvchilarga ma’lum bo’lmagan funksiyalarini yoqish orqali ancha xavfsiz qilib sozlash yo’llari ma’lum bo’ldi. Shu tarzda sozlangan Microsoft Defender tan olingan va keng qo’llaniladigan ko’plab antivirus platformalaridan ko’ra yaxshiroq ishlaydi.
Ushbu maqola ana shu funksiyalarni qanday yoqish haqida qo’llanmadir. Shuni yodda tutingki, ushbu funksiyalar Windowsda boshqa ilovalarni ishlashiga halaqit bermasligi uchun avtomatik tarzda o’chirib qo’yilgan. Agar bu funksiyalar yoqilsa, ba’zi ilovalar to’g’ri ishlamasligi mumkin. Microsoft Defenderni asl holatiga qaytib tiklash uni yanada xavfsiz qilib sozlashdek oson va uni normal holatga qaytarish ko’rsatmalarini ham ushbu maqolada topishingiz mumkin.
Operatsion tizim talablari
- Windows 10 Professional yoki Enterprise 1709 yoki yangiroq versiyasi. Kompyuteringizda ПускПараметрыСистема> Сведения о системе menyusiga borib, Характеристики Windows ostida qurilmangiz Windowsning qaysi versiyasida ishlayotganini aniqlashingiz mumkin. Характеристики Windowsostida qurilmangiz Windowsning qaysi versiyasida ishlayotganini aniqlashingiz mumkin.
- Agar siz Windows 10 Home versiyasidan (Домашняя версия) foydalanayotgan bo’lsangiz bu ko’rsatmalar sizga as qotmaydi. Siz o’z kompyuteringizni himoyalash uchun boshqa bir antivirus xarid qilishingiz kerak bo’ladi.
- Agar kompyuteringiz umumiy domenning bir qismi bo’lib, sistema administratori boshqa bir muqobil sozlamalarni o’rnatgan bo’lsa, bu ko’rsatmadagi sozlamalarning ko’p qismi siz uchun ish bermaydi.
Microsoft Defenderni yanada xavfsiz qilib sozlash
- Configure Defender yordamchi dasturinimana bu yerdayuklab olishingiz yoki manba kodini tekshirib ko’rishingiz mumkin. Grafik interfeysdagi ushbu yordamchi dastur (GUI) Microsoft Defenderni xavfsiz qilib sozlashni osonlashtiradi.
- Utilitani yuklab olgach, sichqoncha bilan uni ikki martta bosing. Siz istalgan xavfsizlik sozlamasini tanlashingiz mumkin, lekin maksimal himoya uchun Yuqori darajani (Высокий (уровень защиты)) tanlashni va quyidagi rasmda (скриншот) ko’rsatilgandek qilib o’zgartirishni tavsiya qilamiz. Microsoft Defenderni aynan shunday sozlash xavfsizlik va sozlamalar keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan noqulayliklar o’rtasida balansni saqlaydi.
- (Выбранные настройки (помимо Высокого уровня защиты): Блокировать кражу учетных данных из локальной системы безопасности Windows (lsass.exe) – включить)
- (Блокировать создание процессов, заданных командами PSExec и WMI – включить) – включить)
-
(Контролируемый доступ к папкам – включить)
- Sozlamalarga o’zgartirish kiritganingizdan so’ng oynani yoping va kompyuteringizni qayta ishga tushiring.
Qo’shimcha ko’rsatmalar (tashqi manbalar)
Agar yuqorida tasvirlangan o’zgarishlarni amalga oshirganingizdan so’ng, ba’zi bir dasturlarni ocholmasangiz, istalgan vaqtda Configure Defender yordamchi dasturida Standart Sozlamalarni (Исходные) tanlash orqali Microsoft Defenderni asl holatiga qaytarishingiz mumkin. Bu o’zgarish kuchga kirishi uchun kompyuteringizni qayta ishga tushirishingiz kerak.