Internetda xavfsiz fayl saqlash va fayl almashish

Illustration of someone locking a cloud in the sky with a key.

Barcha shaxsiy va ishga oid ma’lumotlarni xavfsiz saqlash kerak bo’lsa-da, ba’zi bir shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligiga siz alohida e’tibor berishingiz kerak. Tug’ilgan kuningiz, manzilingiz, pasport raqamingiz, haydovchilik guvohnomangiz raqami, ijtimoiy sug’urta va bank hisobi raqamlari, tibbiy ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar bor bo’lgan har qanday fayllar shular jumlasidandir. Ba’zi audio yozuvlar, tasvirlar va videolar ham maxfiy bo’lishi mumkin.

Qurilmalaringizdagi bunday ma’lumotlarni himoya qilish bilan bir qatorda, ularni hech qachon onlayn saqlamaslik yoki ulashmaslik ularni g‘arazli niyatli odamlarning qo‘liga tushib qolishini oldini oladi. O’ta zarur bo’lmasa, maxfiy va shaxsiy fayllarni Internetda hech kim bilan ulashmang. Maʼlumotlaringiz qurilmangizdaligida ularning xavfsizligi ustidan deyarli toʻliq nazoratga ega boʻlsangiz-da, siz uni onlayn yuklaganingiz yoki kimdir bilan Internetda bo’lishganingizdan keyin bu nazoratning katta qismini yoʻqotasiz.

Ammo fayllarni onlayn saqlash yoki almashishga to’g’ri kelsa yoki siz shu yo’lni tanlasangiz, bu qanday qilib xavfsiz amalga oshirilishini bilishingiz muhimdir.

Fayllarni Internetda xavfsiz saqlash

Siz tanlashingiz mumkin bo’lgan Dropbox, Google Disk, OneDrive, Tresorit va boshqalar kabu ko’plab mashhur fayllar saqlash va bulutli saqlash xizmatlari mavjud. Ushbu xizmatlar istalgan qurilmadagi fayllaringizga istalgan joydan osongina kirish imkonini beradi. Shuningdek, ular yordamida boshqa odamlarga ba’zi fayllaringizga kirish huquqini berish va ushbu fayllar ustida hamkorlikda ishlash imkonini beradi.

Agar siz fayllarni saqlash yoki bulutli saqlash xizmatlaridan foydalansangiz, maʼlumotlaringizni himoyalash uchun quyidagi amallarni bajaring:

  • Ishonchli saqlash xizmatidan foydalaning va u fayllaringizni uzatish va saqlashda shifrlashdan foydalanishiga amin bo’ling. Ma’lumotlar shaffofligi nolga teng bo’lgan bulutli shifrlash xizmatlaridan foydalaning (masalan, Tresorit va Mega.io kabi);Shunda saqlash serverlari buzilgan taqdirda ham ma’lumotlaringiz himoyasi kafolatlanadi.

Bunday xizmatlardagi akkauntlaringizni kuchli va takrorlanmas parol bilan himoyalang.

  • Akkauntlaringizni ikki faktorli autentifikatsiya bilan himoyalang. Shunda kimdir parollaringizni o’g’irlab yoki buzib kirganida ma’lumotlaringiz qo’shimcha himoya bilan himoyalangan bo’ladi.
  • Agar siz boshqalarga fayllaringizga onlayn kirishiga ruxsat bersangiz, ular ham o’z akkauntlarini kuchli parollar va ikki faktorli autentifikatsiya bilan himoyalaganligiga amin bo’ling.
  • Shaxsiy va maxfiy fayllarni Internetda imkon qadar kamroq saqlang. Muhim shaxsiy yoki ishga oid fayllarni bir nechta onlayn xizmatlarga yuklamang va ehtiyoj bo’lmaganda ularni o’chirib tashlang.

Fayllarni xavfsiz almashish

Agar siz kimgadir maxfiy yoki nozik masalaga oid fayl yuborishingiz kerak bo’lsa, buni bir necha oddiy usullar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz ma’lumotlarni jo’natish uchun qaysi usulni tanlashingizdan qat’iy nazar, ana shuday usulda maxfiy ma’lumotlar almashilganda qanday tahdidlar bo’lishi mumkinligini tushunishingiz va imkon qadar bu xavf miqdorini kamaytirishingiz kerak.

  • Fayl almashish xizmatlari

    Siz fayllarni onlayn saqlash xizmati yoki fayl almashish xizmatiga yuklashingiz va ushbu fayllar havolasini yuborish orqali ularni kimdir bilan bo’lishishingiz mumkin. Agar siz shunday usulda fayllaringizni bo’lishsangiz, yuqorida sanab o’tilgan ehtiyot choralarini qo’llaganingizga amin bo’ling. Siz fayllarga kirish uchun yaratgan almashish havolalarini maxfiy ma’lumotlar sifatida ko’rishingiz kerak.

  • Elektron pochta

    Shaxsiy yoki maxfiy fayllarni yuborish uchun elektron pochtadan ham foydalanishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qiling:

    • Xabarlarni shifrlovchi ishonchli elektron pochta xizmatidan foydalaning. ProtonMail va Tutanota kabi bepul, ochiq manbali, ikki yoqlama shifrlangan elektron pochta xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.
    • Elektron pochta akkauntlaringizni ishonchli va takrorlanmas parollar bilan himoyalang.
    • Elektron pochta akkauntingiz uchun ikki faktorli autentifikatsiyani yoqing.
    • Siz fayllarni yuborgan odamlarning akkauntlari ham albatta kuchli parol va ikki faktorli autentifikatsiya bilan himoyalangan bo’lishi kerak.
    • Siz qabul qiluvchi fayllaringizni qabul qilganini bilganingiz zahoti, ularni o’z elektron pochtangizdan o’chirib tashlang. O’chirilgan xatlarni «Chiqindi» (o‘chirilgan xatlar) qutisidan o’chirishni ham unutmang.
  • Xabar almashish ilovalari

    Bundan tashqari, unchalik ham maxfiy bo’lmagan, ammo nozik masalaga oid ma’lumotlarni xabar almashish ilovalari orqali almashishingiz mumkin. Ushbu ilovalar shaxsiy rasm va videolarni yuborish uchun juda qulay. Albatta, Signal yoki Wire kabi ishonchli ikki tomonlama shifrlangan xabar almashish ilovasidan foydalaning. Fayllaringiz ilovada saqlanib qolmasligi uchun o’chib ketuvchi xabarlar funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.