BleachBit dasturini o‘rnatish va undan foydalanish

An illustration of a woman holding up a big smartphone with a bleachbit logo on it.

Ma’lumotlarni raqamli qurilmadan ishonchi tarzda o‘chirish bir qarashda ko‘ringani kabi oson emas. «O’chirish» tugmasini bosganingizda yoki faylni chiqindi qutisiga (Windows uchun Recycle Bin, Apple uchun Trash) ko’chirganingizda, u qurilmadan g’oyib bo’lib qolmaydi. O’chirilgan fayl operatsion tizim fayl egallagan joyni bo’shatishni so’ramagunigacha va uning o’rniga yangi ma’lumotlar yozmagunigacha qurilmangizda qoladi. Bu jarayon sodir bo’lgunga qadar, «o’chirilgan» fayl qurilmangizda qoladi va ma’lumotlarni tiklashni biladigan shaxslar tomonidan qayta tiklanishi mumkin.

Mavjud maxsus vositalar yordamida siz qurilmadan ma’lumotlarni qayta tiklash imkoniyatisiz o’chirishingiz ya’ni qattiq diskdagi ular jismonan joylashgan joyga birlar va nollarning tasodifiy ketma-ketligini yozish orqali («butkul o’chirish») o’chirishingiz mumkin. BleachBit Windows va Linux qurilmalari uchun mo’ljallangan ana shunday vositalardan biridir. U qattiq diskdan va boshqa ma’lumot saqlash qurilmalaridan ma’lumotlarni xavfsiz va butunlay o’chiradi.

Afsuski, agar siz SSD (Solid State Drive) qurilmalaridan foydalansangiz, ulardan barcha ma’lumotlarni xavfsiz va butkul o’chirib tashlashning har doim ham imkoni yo’q. Ulardan ma’lumotlarni qayta tiklashni qiyinlashtirishning bir yoli ushbu qurilmalarni shifrlashdir.

BleachBit dasturidan foydalanish

  1. BleachBit ilovasini to’g’ridan-to’g’ri https://www.bleachbit.org/ saytidan yuklab oling
  2. BleachBit ilovasini o‘rnating
  3. BleachBit ilovasini oching va siz qurilmangizdan xavfsiz va butunlay oʻchirib tashlamoqchi boʻlgan barcha maʼlumotlarni tanlang
    BleachBit SettingsYodda tuting, vaqtinchalik internet fayllarini o’chirishga kelganda, qurilmangizga o’rnatilgan hamma veb-brauzerlarni yoki ulardan ayrimlarini tanlashingiz mumkin. Vaqtinchalik internet fayllarini veb-brauzerdan o’chirib tashlaganingizda siz parol kiritgan hamma veb-saytlardan chiqib ketasiz ya’ni foydalanish seansi tugatiladi. Shuning uchun, vaqtinchalik internet fayllarni oʻchirishdan oldin veb-brauzeringiz saqlagan parollarni parol menejeriga saqlaganingiz ma’qul.
  4. O’chirilishi kerak bo’lgan barcha ma’lumotlarni tanlaganingizda keyin “Tozalash” tugmasini bosing.