Windows 10 tizimidagi qurilmani shifrlash

Kompyuteringizdagi maxfiy maʼlumotlarni himoyalashning eng yaxshi usuli toʻliq disk shifrlanishidir . Windows 10 qurilmasida qattiq diskni shifrlashning eng oson yo’li operatsion tizimning o’z ichki shifrlash vositalaridan foydalanishdir. Siz ularni yoqmaguningizcha, bu vositalar qurilmangizda ishlamasligi mumkin.
Yodda tutingki, siz qanday shifrlash vositasidan foydalanishignizdan qat’iy nazar, maʼlumotlaringiz faqat siz qurilmangizni kuchli parol bilan himoyalaganingizdagina va foydalanilmaganda qisqa muddat ichida avtomatik tarzda blokirovka bo’ladigan qilib sozlaganingizdagina xavfsiz boʻladi.
Qurilmangizda shifrlash taminoti mavjudligini tekshiring
Ba’zi eski qurilmalar Windows 10 tizimida ishlayotgan bo’lsa ham ularda shifrlash ta’minotini mavjud emas. Qurilmangizda shifrlash ta’minoti bor yoki yo’qligini tekshirish uchun Start bandini tanlang, Sozlamalar > Tizim > Tizim Haqida-bandiga o‘ting va oynaning pastki qismida Qurilmani shifrlash sozlamasi mavjudligini tekshiring.
Agar bu yerda Qurilmani shifrlash sozlamasi mavjud boʻlsa, uni Microsoft akkauntiga kirib yoqishingiz mumkin. Agar u allaqachon yoqilgan bo’lsa, siz biror nima qilishingizni hojati yo’q.
Agar bu yerda Qurilmani shifrlash sozlamasi mavjud boʻlmasa, demak, qurilmangiz shifrlashni qoʻllab-quvvatlamaydi. Bunday holda siz Windows 10 tizimining aksariyat versiyalarida mavjud bo’lgan standart BitLocker shifrlashidan foydalanishingiz mumkin.
(Yuqoridagi skrinshotda Haqida menyusi oynasi koʻrsatilgan va unda Qurilmani shifrlash sozlamasi mavjud emas. Bu qurilma shifrlashni qo’llab-quvvatlamasligini bildiradi.)
BitLocker shifrlashni yoqish
BitLocker Windows 10 Professional, Enterprise va Education operatsion tizimi versiyalarida o’rnatilgan shifrlash vositasidir. U Windows 10 Home kompyuterlarida mavjud emas. Agar siz Windows operatsion tizimining qaysi versiyasini ishlayotganingizni aniq bilmasangiz, ushbu manbadan foydalaning.
BitLocker shifrlashni yoqish uchun Windows qurilmangizga administrator akkaunti bilan kirishingiz shart. Start tugmasini, so’ngra Windows tizimi ostida Boshqarish paneli-ni tanlang. Boshqaruv panelida Tizim va xavfsizlik bandini tanlang, BitLocker disk shifrlashi > bandiga o‘tib BitLocker-ni boshqarish bandini tanlang BitLocker-ni yoqish-bandini tanlang va ko’rsatmalarga amal qiling.
BitLocker-ni sozlab bo’lganingizdan keyin, dastlabki shifrlash kompyuteringizda saqlangan ma’lumotlar miqdoriga qarab uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Ammo diskni shifrlash jarayoni davom etayotganda, kompyuteringizdan odatdagidek foydalanishni davom ettirishingiz mumkin.
Agar sizda Tizim va xavfsizlik bo’limida BitLocker Disk Shifrlash sozlamasi bo’lmasa, qurilmangizda TPM (Ishonchli platforma moduli) yo’q bo’lishi mumkin. U Windows shifrlash uchun foydalanadigan chipdir. Buni tekshirish uchun Start tugmasini bosing va Windows Administrative Tools ostida Tizim ma’lumotlaribandini tanlang. Tizim ma’lumotlari oynasining pastki qismiga o’ting va Qurilmani shifrlash ta’minoti-ni toping.
Agar siz Qurilmani shifrlash ta’minoti satrida “TPM foydalanish mumkin emas” qiymatini ko’rsangiz, qurilmangizda TPM mikrochipi mavjud emas. Bu mikrochip qurilmangizda bo‘lmasa ham, siz ushbu ko‘rsatamalarga amal qilgan holda BitLocker shifrlashini yoqishingiz mumkin.