Kuchli parollar yaratish

Illustration of a man with strong arms lifting up a big key.

Biz onlayn akkauntlardan xoh u shaxsiy yoki professional maqsadlarda bo’lsin, hayotimizda borgan sari ko’proq foydalanayapmiz. Elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar, internet bank xizmatlari, onlayn xaridlar, fayllar va xabarlar almashish, video tomosha qilish, ma’lumotlarni bulutli omborga zaxiralash – bu xizmatlarning barchasidan foydalanish uchun akkauntga ega bo’lishimiz zarur. Shunday qilib, ehtimol siz eslab qolish va xavfsiz saqlashingiz kerak bo’lgan o’nlab turli xil akkauntlarga ega bo’lsangiz kerak.

Parollardan foydalanish bu akkauntlarni o’g’irlash, ortingizdan josuslik qilishni yoki ushbu akkauntlar orqali qo’lga kiritilgan ma’lumotlaringiz yoki hujjatlaringizdan jinoiy maqsadlarda foydalanishni istagan har qanday odamlarga qarshi birinchi himoyadir.

Ishonchli parollardan foydalanishingiz kerak

Barcha parollar ham akkauntlarni himoya qilish vazifasini birdek bajara olmaydi. Dunyo bo’ylab yuz millionlab foydalanuvchilar hali ham taxmin qilib topish yoki buzib kirish juda oson bo’lgan parollardan foydaladi. Parollarni faqat ko‘p yillik tajriba, noyob mahorat va kerakli vositalarga ega bo’lgan juda aqilli xakerlargina buza oladigan zamonlar allaqachon o’tib ketgan. Bugungi kunda parollar ma’lum so’zlar va belgilarning turli kombinatsiyalarini sinab ko’ruvchi keng tarqalgan dastiriy ta’minotlar yordamida buziladi. Parollarni buzishning bu usuli brutfors hujumi deb nomlanadi.

Shunday qilib, akkauntlaringiz va ulardagi ma’lumotlarni buzib kirish qiyin bo’lgan kuchli parollar bilan himoyalashingiz kerak. Amalda, parolning o’ta murakkabligidan uni brutfors yordamida buzish uchun haddan ziyod vaqt talab qilinishini anglatadi. Ya’ni, xaker buzish bunchalik ko’p vaqt talab qiluvchi parolga hatto bosh qotirishni ham xohlamasligi kerak.

Buzib kirish qiyin bo‘lgan parol yarating

  • Uzunroq parol tanlang
    Bu eng muhim omil. Hech bo’lmaganda 12 ta, Iloji bo’lsa, undan ham ko’proq belgidan foydalaning.
  • Turli belgilardan foydalaning
    Parolingizda katta va kichik harf, raqam va belgilar aralashmasini qanchalik ko’p qo’llasangiz, parolingizni buzish shunchalik qiyin bo’ladi. Belgilarning tasodifiy keta-ketligidan tashkil topgan parollar butun so‘zlardan iborat parollarga qaraganda murakkabroqdir. Shuning uchun iLoVeYOu56&# paroli iloveyou9! paorliga qaraganda ishonchliroqdir, biroq iL3*Ov50&0Ey6824(2uO yanada ishonchli variant hisoblanadi.
  • Taxmin qilib topish oson yoki yaqqol klaviatura kombinatsiyalaridan foydalanmang
    qwerty, 12345678, password123 va myemailpass kabi parollarni buzish juda oson.
  • Ma’lum va umumiy bo’lgan belgilar almashtiruvidan foydalanmang
    Belgilar o’rnini boshqalari bilan almashtirish yanada kuchliroq parollar yaratishda qo’l kelsa-da, yaxshisi, siz eng keng tarqalgan, hammaga ma’lum bo’lgan belgilar almashtiruvidan foydalanmang. DOORBELL parolini D00RB3LL ko’rinishida, belgilarni almashtirgan holda yozish biroz yaxshiroq, biroq bunday parolni ham buzish juda oson. Yaxshisi, parolingiz tasodifiy belgilardan iborat bo’lsin.
  • Shaxsiy ma’lumotlardan foydalanmang
    Agar g‘araz niyatli shaxs aynan sizning parolingizni buzishni maqsad qilgan bo‘lsa, u birinchi navbatda siz haqingizdagi ma’lumotlardan foydalanib uni topishga harakat qiladi. Ularga siz tug‘ilgan shahar, farzandingizning ismi, tug‘ilgan sanasi, siz ishqiboz bo’lgan sport jamoasi yoki itingizning nomi kabilar kiradi.
  • Parollardan qayta foydalanmang
    Ideal holda, barcha akkauntlaringiz va qurilmalaringizni takrorlanmas parollar bilan himoyalashingiz to’g’ri bo’ladi. Agar kimdir sizning bitta akkauntlaringiz parolini o’g’irlasa yoki buzib kirsa, u o’g’irlangan parolingiz va uning biroz o’zgartirilganversiyalarini qo’llab barcha boshqa akkauntlaringizni ham buzishga harakat qiladi.

Hozir har bir akkauntni murakkab parol bilan himoyalash sizga juda qiyin masaladek tuyulayotgan bo’lishi mumkin. Bu parollarning hammasini qanday eslab qolaman deb o’ylashingiz mumkin. Aslida, faqat bitta ishonchli parolni eslab qolishingiz kifoya. Qolganlarini parol menejerida saqlashingiz mumkin.