Telegramda xavfsiz suhbatlashish

Koʻplab mamlakatlarda ommalashganiga qaramay, Telegram xabarlar almashish ilovasi uning aksariyat foydalanuvchilari oʻylaganidek xavfsiz emas. Avvalambor, oddiy standart Telegram chatlarida ikki yoqlama shifrlash mavjud emas. Ilova ikki foydalanuvchiga ikki yoqlama shifrlangan kanalda suhbatlashish imkonini beradi, ammo bu funksiya standart ravishda yoniq emas. Shuningdek, bunday shifrlash guruh chatlari uchun mavjud emas. Qolaversa, Telegram barcha o’z foydalanuvchilarining kontakt maʼlumotlariga kirish huquqiga ega va ularning metamaʼlumotlarini, jumladan, IP manzil va qurilmalar haqidagi tafsilotlarni to’playdi. Va nihoyat, Telegram guruh chatlari va kanallari yetarli darajada xavfsiz deb bo’lmaydi.
Agar siz ushbu xavflarga qaramay, baribir Telegramdan foydalanishni xohlasangiz, ilovada suhbatlashishning eng xavfsiz yo’li bu – maxfiy (yashirin) chatlardan foydalanishingiz va xabarlar uchun oʻqilgach o’chib ketish funksiyasini sozlashingizdir.
Maxfiy chatlardan foydalanish
Telegramda xabarlaringizni himoya qilishning eng yaxshi usuli ikki yoqlama shifrlangan individual maxfiy chatlardan foydalanishdir. Yuqorida taʼkidlanganidek, Maxfiy chatlar Telegramda standart holda ishlatilmaydi, bu funksiyani siz o’zingiz ishga tushirishingiz kerak.
Maxfiy chat boshlash uchun siz suhbatlashmoqchi bo’lgan kontaktni tanlang va sarlavhadagi foydalanuvchi rasmini bosish orqali uning profilini oching.
Foydalanuvchi nomi yonidagi uch nuqta belgisini bosing va pastga ochiluvchi menyuda«Maxfiy Chat Boshlash»bandini tanlang.
Boshlashbandini bosib tanlovingizni tasdiqlang. Maxfiy chatni boshlaganingizda chat yuqorisidagi foydalanuvchi ismi yonida qulf belgisini koʻrasiz.
Oʻz-oʻzini oʻchirib tashlash taymerini oʻrnating
Xabarlar o’qilgach o’zini-o’zi o’chirib tashlash funksiya qo’llanilishi kerak bo’lgan maxfiy chatni oching. Foydalanuvchi nomi yonidagi qulf belgisining mavjudligi va ushbu belgi hamda foydalnuvchi ismi yashil rangda bo’lishi Telegramdagi maxfiy suhbatlarning ko’rsatkichidir. Maxfiy chatni ochganingizdan so’ng, soat belgisini bosing (iOS tizimida Xabar yuborish qatorida yoki Android qurilmada yuqori panelda).
Kerakli vaqt chegarasini tanlang (bir soniyadan bir haftagacha). Xabar yuborish qatorida maxfiy suhbat uchun belgilangan vaqt chegarasini ko’rasiz.
Oʻz-oʻzini oʻchirib tashlash taymeri xabar qabul qiluvchining ekranida koʻrinishi bilan ishga tushadi (xabar ostida ikkitalik tasdiq belgisini koʻrasiz). Vaqt tugashi bilan xabar har ikki qurilmadan ham o’chib ketadi.
Esda tuting, maxfiy chatlardagi o’zini-o’zi o’chirib yuborish taymerining bu taymer o’rnatilishidan oldin yuborilgan xabarlarga dahli yo’q, ya’ni ularga ta’sir qilmaydi.
Skrinshotlarga e’tiborli bo’ling
Telegram maxfiy chatlardan foydalanayotgan foydalnuvchilarni ularning suhbatdoshi skrinshot olganidan xabardor qiladi.
Afsuski, bu funksiya ba’zi Android qurilmalarida har doim ham ishlamaydi. Bundan tashqari, siz xabar yuborayotgan shaxs o’z ekranini boshqa qurilma bilan suratga olishi ehtimoli mavjud va siz buni hech qachon sezmaysiz. Shuning uchun, siz to’liq ishonmaydigan odamga shaxsiy yoki maxfiy xabarlarni yubormang.