Mac kompyuterida ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratish

Illustration of someone holding a lock and a MacBook computer in front of her.

Ma’lumotlarning zaxira nuxsalarini yaratish saqlash qurilmasi bilan muammo yuz berganda ushbu ma’lumotlarni saqlab qolishning eng yaxshi usulidir. Ma’lumotlarni zaxiralash fayllaringiz nusxalarini yaratish va ularni qattiq diskda, tashqi saqlash qurilmasida yoki bulutli zaxira xizmatida saqlashdir. Albatta, zaxira nusxalarini qayerda saqlash sizning tanlovingiz.

Ehtiyojlaringizga qarab, siz butun qattiq disk yoki faqat qurilmangizdagi muayyan fayl yoki papkalarni zaxiralashingiz mumkin. Ma’lumotlaringizni qanchalik tez-tez zaxiralashni ham o’zingiz hal qilasiz. Ma’lumotlaringizni muntazam ravishda zaxiralab turish ma’lumotlaringiz xavfsizligini kafolatlaydi. Eng oson usuli bu – ma’lumotlarni avtomatik zaxiralashni sozlash.

Mac kompyuteridagi fayllarni zaxiralashning eng oson yo’li operatsion tizimning o’z ichki dasturiy ta’minotidan foydalanishdir. Ma’lumotlar xavfsizligini yaxshiroq ta’minlovchi boshqa zaxiralash dasturlari ham mavjud, ammo ular bepul emas.

Time Machine yordamida zaxiraviy nusxalash

MacOS tizimida Time Machine xususiyati mavjud bo’lib, u ma’lum papkalarni siz tanlagan qurilmaga avtomatik ravishda zaxiralaydi. Uni sozlash uchun Mac kompyuteringizga tashqi saqlash qurilmasini ulang. Qurilma ulangandan so‘ng, Apple menyusi > Tizim sozlamalari bandini oching, so‘ng Time Machine bandiga bosing.

macOS Time Machine

Zaxiralash diskini tanlang tugmasini bosganingizdan va zahira nusxalarini saqlash uchun tashqi xotira qurilmasini tanlaganingizdan so’ng,Time Machine fayllaringizni zaxiralashni boshlaydi. Tizim zahira nusxasini yaratayotgan vaqtda kompyuterdan foydalanishni davom ettirishingiz mumkin.

Selecting a backup disk on macOS Time Machine

Agar siz Avtomatik ravishda zaxiralash bandini tanlasangiz, tizim vaqti-vaqti bilan zaxira nusxalarini yaratadi, ko’pincha siz zaxiralash jarayoni sezmaysiz ham, ya’ni bu jarayon sizga halaqit bermaydi. Birinchi zaxiralash ko’p vaqtni olishi mumkin, biroq keyingi seanslar kamroq vaqtni oladi, chunki Time Machine faqat so’nnggi nusxalashdan keyin o’zgartirilgan fayllarning zaxira nusxalarini yaratadi.

Backup Automatically check box on macOS Time Machine

Shuningdek, siz o’zingiz qo’lda zaxiralashni boshlash (Zaxira nusxasini hozir yaratishh bandini tanlang), zaxiralash holatini ko’rish yoki joriy zaxiralash jarayonini to’xtatish uchun Time Machine menyusidan (ikonkasi soatga o’xshaydi, ikkita soat qo’llari hamda soat miliga qarshi yurayotgan strelkasi bor) foydalanishingiz ham mumkin.

Time Machine qattiq diskingizdagi hamma narsani avtomatic tarzda zaxiralaydi. Muayyan papkalarni zaxiralashga kiritmaslik uchun Time Machine sozlamalarini oching va Variantlar bandini tanlang. Zaxiralashga kiritmaslik uchun qo‘shish (+) tugmasini bosib, zaxiralashdan chiqarish kerak bo‘lgan elementga o‘ting va Isnisno Qilish tugmasini bosing. Zaxiralashdan biror papkani isnisno qilishni bekor qilish uchun papkani tanlang va o‘chirish () tugmasini bosing.

Selecting Options on macOS Time Machine

Excluding items from a backup on macOS Time Machine

Exclude button in the items selection window for macOS Time Machine

iCloud yordamida zaxiraviy nusxalash

Barcha Apple qurilmalarida ichki iCloud onlayn saqlash xizmati mavjud. Ushbu xizmatdan foydalanish maʼlumotlaringizni zaxiralashni osonlashtiradi. Chunki zaxiralash uchun har safar kompyuteringizga tashqi saqlash qurilmasini ulash kerak bo’lmaydi. Agar siz iCloud xizmatiga kirgan bo’lsangiz, u avtomatik ravishda fotosuratlar, kontaktlar, kalendarlar, qaydlar va boshqa ma’lumotlaringizni bulutli saqlash xizmatiga – iCloud-ga saqlaydi.

iCloud sozlamalarini sozlash uchun Apple menyu > Tizim sozlamalari bandini oching, so’ng Apple ID > iCloud bandini bosing. Ushbu bo’limda siz «Rasmlar», «Eslatmalar» va «iCloud Drive» kabi iCloud bilan sinxronlashni xohlagan ilovalarni tanlashingiz mumkin.

Apple ID on macOS System Preferences

iCloud option on Apple ID on macOS System Preferences

iCloud sizning rasmlaringiz, kontaktlaringiz, kalendar, eslatmalar va parollaringizni saqlash uchun mo’ljallangan bulutli saqlash xizmatidir. Agar siz iCloud-da boshqa turdagi fayllarni zaxiralashni istasangiz, iCloud xizmatining bir qismi bo’lgan iCloud Drive-dan foydalanishingiz mumkin. iCloud Drive – bu hujjatlar saqlash uchun mo’ljallangan Apple kompaniyasining bulutli saqlash xizmatidir. Bu xizmat sizga barcha turdagi hujjatlarni iCloud-da xavfsiz saqlash, sinxronlash va hujjatlarga barcha kompyuterlar (macOS yoki Windows) hamda iOS va iPadOS asosidagi qurilmalar orqali kirish va ishlash imkonini beradi. iCloud Drive ish stoli va «Hujjatlar» papkalaridagi barcha fayllarni avtomatik ravishda zaxiralashi mumkin.

iCloud Drive xizmatidan foydalanish uchun avval uni sozlashingiz kerak. Xizmatni Mac kompyuterida sozlash uchun Apple menyusi > Tizim sozlamalari bandini tanlang, Apple ID bandini bosing, keyin yon panelda iCloud bandini bosing. iCloud Drive bandini tanlang.

Checking iCloud Drive checkbox in iCloud settings

Barcha iCloud foydalanuvchilari 5 GB bepul onlayn saqlash omboriga ega. Siz iCloud va iCloud Drive xizmatlarida saqlagan barcha ma’lumotlaringiz ham ushbu bepul 5 GB sig’imda hisoblanadi. Agar sizga zaxira nusxalari uchun koʻproq joy kerak boʻlsa, iCloud xizmatidan saqlash joyini kengaytirishingiz (pulli) yoki muqobil zaxiralash yechimini tanlashingiz kerak bo’ladi.

Qo’shimcha ilovalar yordamida zaxiralash

Agar Mac kompyuterida mavjud ichki zaxiralash variantlaridan mamnun bo’lmasangiz, istalgan vaqt Backblaze, Carbonite, Dropbox yoki Google Drive kabi uchinchi tomon ilovalarini tanlashingiz mumkin. Uchinchi tomon zaxiralash dasturiy ta’minotini xarid qilishda, siz to’liq ishongan ilovani tanlang va u sizning ma’lumotlaringizdan qanday foydalanishini aniq tushuning. Uchinchi tomon zaxiralash ilovasini o’rnatish uchun uning o’rnatish ko’rsatmalariga amal qiling.