Windows 10 operatsion tizimida zaxira nusxalarini yaratish

Illustration of a Windows computer with a man behind holding a lock.

Ma’lumotlarning zaxira nuxsalarini yaratish saqlash qurilmasi bilan muammo yuz berganda ushbu ma’lumotlarni saqlab qolishning eng yaxshi usulidir. Ma’lumotlarni zaxiralash fayllaringiz nusxalarini yaratish va ularni qattiq diskda, tashqi xotira qurilmasida yoki bulutli zaxira xizmatida saqlashdir. Zaxira nusxalarini qayerda saqlashni siz tanlaysiz.

Ehtiyojlaringizga qarab, siz butun qattiq disk yoki faqat qurilmangizdagi muayyan fayl yoki papkalarni zaxiralashingiz mumkin. Ma’lumotlaringizni qanchalik tez-tez zaxiralashni ham o’zingiz hal qilasiz. Ma’lumotlaringiz tez-tez zaxiralab turish ularning xavfsizligini kafolatlaydi. Eng oson usuli bu – ma’lumotlarni avtomatik zaxiralashni sozlash.

Windows 10 kompyuteridagi fayllarni zaxiralashning eng oson yo’li operatsion tizimning o’z ichki dasturiy ta’minotidan foydalanishdir. Ma’lumotlar xavfsizligini yaxshiroq ta’minlovchi boshqa zaxiralash dasturlari ham mavjud, ammo ular bepul emas.

Fayllar tarixi yordamida Windows tizimida zaxiralash

Windows 10 tizimida ma’lum fayl papkalarini siz tanlagan qurilmaga avtomatik tarzda zaxiralaydigan «Fayl tarixi» funksiya mavjud. Uni o‘rnatish uchun kompyuteringizga tashqi saqlash qurilmasini kompyuteringizga ulang. Qurilma ulangandan so‘ng, Start tugmasini bosing va Sozlamalar > Yangilanish va xavfsizlik > Zaxiralash-bandini tanlang. Keyin Fayllar tarixidan yordamida zaxiralash bo’limi ostidagi Disk qo’shish tugmasini bosing va zaxira nusxalari saqlanishi kerak bo’lgan tashqi saqlash qurilmasi yoki tarmoq manzilini tanlang.

Adding a drive for backup

Ma’lumotlarni qanchalik tez-tez zaxiralanib turilishini sozlash uchun Start tugmasini bosing va Sozlamalar > Yangilash va xavfsizlik > Zaxiralash bandini tanlang. Keyin Ko’proq parametrlar tugmasini bosing va Fayl tarixi yuqori qismidagi Fayllarimni zaxiralash pastga ochiladigan menyuni bosing va fayllaringizni zaxiralanib turilish chastotasini o’rnating. Bu yerda siz «Har 10 daqiqa» dan tortib «Har kuni» gacha bo‘lgan turli zaxiralash takrorlanib turishi variantlarini tanlashingiz mumkin.

Windows Backup more options

Setting up the backup frequency

Siz zaxiralashni xohlagan papkalarni tanlash uchun Start tugmasini bosing va Sozlamalar > Yangilash va xavfsizlik > Zaxiralash bandini tanlang. Endi zaxiraga kiritilgan papkalarning standart ro’yxatini ko’rish va uni tahrirlash uchun Zaxiralash variantlari oynasini pastga aylantiring. Bu yerda siz papkalarni olib tashlashingiz (Olib tashlash tugmasini bosing) va boshqa papkalarni ro’yxatga qoʻshishingiz (Papka qoʻshish tugmasini bosing) mumkin.

Removing a folder in the backup options

Adding a folder to the backup

Sozlashni yakunlash va zaxiralash jarayonini boshlash uchun ekranning yuqori qismidagi Hozir zaxiralash tugmasini bosing. Zaxiralash yakunlanganidan so’ng, Windows zaxira nusxasining hajmi, sanasi va vaqtini ko’rsatadi.

Starting the backup procedure

Windows tizimida uchinchi tomon ilovalari yordamida zaxiralash

Agar Windows kompyuterida mavjud ichki zaxiralash variantlaridan mamnun bo’lmasangiz, istalgan vaqt Backblaze, Carbonite, Dropbox yoki Google Drive kabi uchinchi tomon ilovalarini tanlashingiz mumkin. Uchinchi tomon zaxiralash dasturiy ta’minotini xarid qilishda, siz to’liq ishongan ilovani tanlang va u sizning ma’lumotlaringizdan qanday foydalanishini aniq tushuning. Uchinchi tomon zaxiralash ilovasini o’rnatish uchun uning o’rnatish ko’rsatmalariga amal qiling.