Qanday qilib fishing qurboni bo‘lmaslik mumkin

Fishing internetning o‘zi kabi eski va u hech qayerga yo‘qolmaydi. Baxtimizga, raqamli xavfsizlikning asosiy qoidalariga amal qilinsa va sog‘lov aql bilan ish yuritilsa, fishingdan himoyalanish oson. O‘zingizni himoya qilish uchun ushbu asosiy yo‘riqnomalarga amal qiling.
1. Skeptik bo‘lib qoling
Internetdagi xaddan tashqari foydali taklfilarning aldov bo‘lib chiqishi mumkinligini doimo yodda tuting. Firibgarlar va jinoyatchilar hissiyotlarimiz, ayniqsa o‘chko‘zligimiz va qiziquvchanligimizdan mohirona foydalanadilari. Atigi 20 dollarga yangi iPhone olishni xohlaysizmi? Sizga bepul yetkizib berishadigan mahsulotlarni sinab ko‘rib, ko‘p pul ishlab olishni xohlaysizmi? Sinfdoshlaringiz yoki hamkasblaringizdan kimlar sizni yashirin sevib qolganligini bilishni xohlaysizmi? Ilovani ochish yoki shaklni to‘ldirish uchun shunchaki havola bo‘yicha o‘tishingiz kerak. Bu aldovlarga uchmang. Ehtiyotkor bo‘ling.
2. Biriktirmalardan ehtiyot bo‘ling
Raqamli xavfsizlikning asosiy qoidalaridan biri: hech qachon elektron xatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar yoki SMS-xabarlarda o‘zingiz tanimaydigan yoki 100% ishonmaydigan kishilar tomonidan yuborilgan biriktirmalarni saqlamang va ochmang. Firibgarlar va jinoyatchilar ayniqsa zararli dasturlar bilan zararlangan Word, Excel, Excel, PowerPoint va PDF formatidagi biriktirmalarni yaxshi ko‘radilar. Agar elektron xat yoki boshqa istalgan xabar sizga g‘alati yoki shubhali bo‘lib ko‘rinsa, ularni darhol o‘chiring.
Yana hattoki siz taniydigan va ishonadigan kishilarning ham elektron pochta hisoblarni buzishlari mumkinligini yodda tuting. Shuning uchun agar siz ulardan biriktirma bilan kutilmagan xat olsangiz, avval yuboruvchi bilan bog‘laning.
3. O‘tishdan avval havolalarni tekshiring
O‘zingiz tanimaydigan yoki xabarlar kutmaydigan odamlar yoki tashkilotlar tomonidan yuborilgan havolalar bo‘yicha o‘tmang. Sizga yuboriladigan har bir havolani ehtimoliy xavfli sifatida qarang. Hamkasb, bank yoki ijtimoiy tarmoqdan bildirishnoma olgan vaqtda elektron xatdagi havola bo‘yicha darhol o‘tmang. Avval saytning to‘liq manzilini ko‘rish uchun uning ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini yurgizing. Bu havola bo‘yicha o‘tish kerakligi yoki yo‘qligi bo‘yicha qaror qilishga yordam beradi. Yana saytning haqiqiyligiga ishonch hosil qilish uchun brauzer oynasini ochish va manzilni bevosita URL maydoniga kiritish mumkin.
Sizga biroz bo‘lsada shubhali bo‘lib ko‘ringan havolaga bosishdan avval uning xavfsizligini tekshirish uchun havolalar skaneri, masalan, Norton Safe Web dan foydalaning.
Qisqartirilgan URL-manzillar bilan ayniqsa ehtiyot bo‘ling. Doimo qisqartirilgan URL ortidagi haqiqiy URL ni tekshiring. Buning uchun UnshortenIt kabi bepul internet xizmatlar mavjud.
4. Hech qachon shoshilmang
Jinoyatchilar va firibgarlar ayniqsa ko‘p foydalanadigan fishing taktikalaridan biri bo‘lib yolg‘ondan shoshilinchlik hissini yaratish hisoblanadi. Odamlarga qat’iy bajarish muddati bilan so‘rovlar yuboradilar va ayrim hollarda tez harakat qilishni rad qilganlik uchun oqibatlar bilan tahdid qiladilar. Masalan, sizdan so‘nggi soliq deklatasiyadagi «xato» uchun jarima to‘lashni so‘raydilar. Jinoiy javobgarlik to‘g‘risida tahdid qilishlari ham mumkin. Yoki boshlig‘ingiz roliga kirib olgan g‘araz niyatli shaxs bo‘shatib yuborishni tahdid qilgan holda pullarni bank hisobiga o‘tkazishni talab qilishi mumkin.
Doimo ma‘lumotlar yoki moliyaviy o‘tkazmalar bo‘yicha «shoshilinch» so‘rovlarga juda shubhali sifatida qarang. Soliq organlari mobil telefoningizga qo‘ng‘iroq qilishlari va jarimani to‘lashni talab qilishlari mumkinmi? Boshlig‘ingiz sizdan pullarni o‘zingiz hech qachon eshitmagan bank hisobiga o‘tkazishni so‘rashi mumkinmi? Agar siz shubhalansangiz, vaziyatni o‘zingiz ishonadigan odamlar, hamkasblar yoki yurist bilan muhokama qiling.
5. Yuboruvchilarning shaxsini tasdiqlang
Ma’lumotlar yoki moliyaviy o‘tkazmalarni so‘rovchi odamlar yoki tashkilotlarning ular rostdan ham o‘zlari aytayotgan shaxslar ekanligini tekshiring. Ularga qo‘ng‘iroq qiling yoki xabarlar almashish xavfsiz platformasi orqali bog‘laning. Firibgarlarning o‘zlarini mohirona tarzda boshqa odamlar sifatida ko‘rsatishlari mumkinligini yodda tuting: ular bunga uzoq vaqt o‘rganishgan va bunga ko‘p kuch sarflashadi.
6. Antivirusingizni o‘z vaqtida yangilab boring
Hattoki siz juda ehtiyotkor bo‘lsangiz va xatosiz raqamli gigiyenaga amal qilsangiz ham qurilmangizda doimo antivirus va brandmauer ishlab turishi kerak. U yangi tahdidlardan himoya qila olishi uchun antivirusni muntazam ravishda yangilab boring. Antivirus va operatsion tizim kabi muhim dasturiy ta’minotning avtomatik yangilanishini yoqing.