Biz Haqimizda

An illustration of a woman holding various electronic devices such as smartphones, laptops, and tablets.

Raqamli xavfsizlik – bu keng ko’lamli atama bo’lib, u ko’p ma’nolarni anglatishi mumkin. CyberSTAR tizimi raqamli xavfsizlikni oltita mavzuga ajratish orqali kichik tashkilot va jismoniy shaxslar uchun uni tushunish, o’rganish va boshqarishni yengillashtiradi. Bu olti mavzu Raqamli Xavflar, Raqamli Identifikatsiya, Parollar, Qurilmalar, Maʼlumotlar va Suhbatlardir. O’zingizni kiberjinoyatchilardan himoyalash va ma’lumotlaringiz yo’qolishini oldini olishni xohlasangiz, o’qishda davom eting.

Ushbu veb-sayt CyberSTAR loyihasi tomonidan boshqariladi. Loyiha Yevroosiyo mintaqasidagi fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ularning xodimlariga o’z faoliyatlari, axborot, aloqa va ulardan foyda ko’ruvchi hamkorlarini kiberhujumlar va ularning oqibatida sodir bo’ladigan muntazam ma’lumotlar yo’qotilishidan himoyalanishga yordam beradi.

Agar siz Yevroosiyo mintaqasi davlatlaridan birida faoliyat yurituvchi tashkilot vakili bo’lsangiz va tashkilotingiz raqamli xavfsizligini mustahkamlash maqsadingiz bor bo’lsa, biz sizga bu borada yordam bera olamiz. Kimlarga qanday yordam ko’rsata olishimiz haqida mana bu yerda batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Shuningdek, biz raqamli xavfsizlik asoslarini o’rgatuvchi materiallar joylashtiriladigan ta’lim platformasini yaratish ustida ishlayapmiz. Agar sizning professional faoliyatingiz odamlarga raqamli xavfsizlik jihatlarini o’rgatish bilan bog’liq bo’lsa, bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizdagi yangiliklarni kuzatib boring.