Raqamli xavfsizlik O’zingizni himoyalang

CyberSTAR

Raqamli xavfsizlik - bu keng ko’lamli atama bo’lib ko’p ma’nolarni anglatishi mumkin. CyberSTAR tizimi raqamli xavfsizlikni oltita mavzuga ajratish orqali kichik tashkilot va jismoniy shaxslar uchun uni tushunish, o'rganish va boshqarishni yengillashtiradi. Bu olti mavzu Raqamli Xavflar, Raqamli Identifikatsiya, Parollar, Qurilmalar, Maʼlumotlar va Suhbatlardir. O'zingizni kiberjinoyatchilardan himoyalash va ma'lumotlaringiz yo'qolishini oldini olishni xohlasangiz, o'qishda davom eting.

Batafsil
Close A line styled icon from Orion Icon Library.

Raqamli Xavflar Logotip Raqamli Xavflar

Raqamli xavflarlar mavjudligining boisi odamlarni onlayn tarmoqlarda ham aldash mumkinligidir. Raqamli firibgarlik odatda ijtimoiy muhandislik hujumlari, fishing va zararli dasturlar shaklida namoyon bo'ladi. Garchi bu xatarlarni butunlay bartaraf etib bo‘lmasa-da, tashkilot va foydalanuvchilar raqamli gigiyena qoidalariga amal qilish va oqilona ish tutish orqali ularni sezilarli darajada kamaytirishlari mumkin.

Batafsil
Close A line styled icon from Orion Icon Library.

Raqamli Identifikatsiya Logotip Raqamli Identifikatsiya

Raqamli identifikatsiya bu - Internet tarmoqlarda bir shaxs yoki tashkilot haqida mavjud bo'lgan barcha ma'lumotlardir. Siz har safar Internet yoki internetga ulangan raqamli qurilmadan foydalanganingizda ortingizdan katta hajmdagi ma'lumotlarni qoldirasiz. Ushbu ma'lumotlar sizni puxta ishlangan reklamalar bilan nishonga olish, ortingizdan josuslik qilish yoki ijtimoiy muhandislik hujumlarini amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkin.

Batafsil
Close A line styled icon from Orion Icon Library.

Suhbatlar Logotip Suhbatlar

Bizning shaxsiy va professional vaqtimizning ko'p qismi boshqalar bilan elektron pochta, messenjerlar va audio yoki video qo'ng'iroqlar orqali muloqot qilishni bilan o’tadi. G'araz niyatli shaxslar qalloblik, shantaj qilish, qo‘rqitish yoki shaxsiyatini o'g'irlash uchun foydalanish mumkin bo‘lgan maxfiy ma’lumotlarni o'marish maqsadida ushbu onlayn suhbatlarga kirish yo‘llarini qidiradilar. Internetdagi suhbatlaringizni himoyalash, avvalambor, xavfsiz va shifrlangan aloqa kanallaridan foydalanishdan boshlanadi.

Batafsil
Close A line styled icon from Orion Icon Library.

Qurilmalar Logotip Qurilmalar

Jismoniy shaxslar va tashkilotlar muloqot qilish, internetdan foydalanish, ma'lumotlar yaratish, ularni saqlash va almashish uchun shaxsiy kompyuter, noutbuk, planshet va smartfonlardan ya'ni raqamli qurilmalardan foydalanadilar. Bunday qurilmalarni yo'qotish, ularning o'g'irlanishi yoki xakerlar tomonidan buzib kirilishi jiddiy shaxsiy, professional, moliyaviy oqibatlarga olib kelishi va obro'ngizga putur yetkazishi mumkin. Raqamli xavfsizlikning muhim bir qismi raqamli qurilmangizni qanday himoyalashni bilishingizdir.

Batafsil
Close A line styled icon from Orion Icon Library.

Ma’lumotlar Logotip Ma’lumotlar

Raqamli xavfsizlikning yana bir muhim elementi bu - qimmatli va muhim ma'lumotlarga tasdiqlanmagan holda qasddan yoki tasodifan kirishni, ularning o'g'irlanishini va ma'lumotlarning buzilishini oldini olishdir.

Batafsil
Close A line styled icon from Orion Icon Library.

Parollar Logotip Parollar

Jismoniy shaxslar va tashkilotlar muhim akkaunt, qurilma, tarmoq va maʼlumotlarni himoyalash uchun parollardan foydalanadilar. G'araz niyatli odamlar esa muntazam ravishda parollarni taxmin qilib topish yoki o'g'irlashning yangi usullarini o'ylab topadilar. Kuchli parollar yaratish, ularni xavfsiz boshqarish va ikki faktorli autentifikatsiya (2FA) yordamida ularni yanada mustahkamlash raqamli xavfsizlik tomon qo'yilgan muhim qadamlardir.

Batafsil